"Milan" Berardini xarid qilishni rejalashtirmoqda

Alisher
21 fev 2022
"Milan" "Sassuolo" yarim himoyachisi Domeniko Berardini xarid qilishni maqsad qilgan.

Klub o'yinchi uchun "qora-yashillar" rahbariyati talab qilayotgan 30 million evroni to'lashga tayyor.

Berardining "Sassuolo" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

27 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 12ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com