

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "rossoneri" 25 yoshli jazoirlik futbolchi bilan bitimni 2027 yilgacha uzaytirib, uning maoshini bir mavsum uchun 3,8 million evrogacha oshirishga shay.
Bennaserning "Milan" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Yarim himoyachi A Seriya joriy mavsumida 15 ta bahsda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



