"Milan" agar "Yuventus"ga yirik hisobda mag'lub bo'lsa Mixaylovich ishdan ketadi

Aziz Tukhtamuradov
5 apr 2016, 21:28
"Milan" murabbiyi Sinisha Mixaylovichning taqdiri so'roq ostida.


Milanliklar klubi rahbariyati jamoaning so'nggi paytlarda ko'rsatayotgan natijalaridan norozi. Klub fevral oyidan beri g'alaba nimaligini bilmayapti.

Ma'lum bo'lishicha, murabbiy mavsum oxirigacha "Milan"ni boshqarishi kutilmoqda. Lekin, agar jamoa "Yuventus"ga yirik hisobda yutqazib qo'yadigan bo'lsa serbiyalik murabbiy iste'foga chiqarilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia