“Milan” A Ceriya doirasida ketma-ket 20 ta o'yindan beri yutqazmayapti

Aslanov Jasurbek
23 noya 2020, 07:58
“Milan” A Ceriya 8-turi doirasida safarda “Napoli”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Stefano Pioli shogirdlari A Ceriya doirasida ketma-ket 20 ta o'yindan beri mag'lub bo'lgani yo'q. Jamoa so'nggi bor musobaqa doirasida 8 mart sanasida o'tkazilgan “Jenoa”ga qarshi bahsda (1:2) yutqazgandi. Shundan so'ng “Milan” 15 ta g'alaba va 5 ta durang qayd etdi.

Shuningdek, “rossonerilar” A Ceriya 2003/04 yilgi mavsumidan beri ilk bor musobaqaning dastlabki 8 turida 20+ ochko to'plashga erishdi. Qayd etish joiz, “Milan” o'sha mavsumda Italiya chempionligini qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru