Mikel Arteta: “Deklan istalgan klubni kuchaytirishga qodir”

Alisher
16 iyul 2023, 08:08
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Deklan Rays haqida fikr bildirdi.

 “Deklan biz bilan shartnoma imzolaganidan xursandmiz. U ajoyib imkoniyatlarga ega futbolchi. U istalgan klubni kuchaytirishga qodir. U katta talant va uni “Arsenal”da katta muvaffaqiyatlar kutmoqda. 

U atigi 24 yosh bo'lishiga qaramasdan APLda katta tajribaga ega futbolchi. U bir necha vaqt davomida jamoa sardori sifatida harakat qildi. Jamoasi bilan Liga Konferenciyada g'oliblikni qo'lga kiritdi. U jamoani oldinga boshlash qobiliyatiga ega futbolchi”,-deb fikrini yakunladi Arteta.

 Eslatib o'tamiz, londonliklar futbolchini 105 million funtga sotib oldi. Bu britan futboli tarixidagi eng yirik ichki o'tish sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com