

Jamoa bosh murabbiyi Andrey Sergeevich Shipilov bu xususda to'xtalar ekan, o'tgan yilgi tarkibdan faqat 8 nafar o'yinchi qolganligini, tarkib amalda butunlay yangilanganligini qayd etdi. Ammo bu holat jamoaning oldiga qo'yilgan vazifasini uddalashida bahona bo'lmasligini, “Metallurg” Superligada munosib ishtirok etib, muxzlislarini chiroyli, hujumkor o'yini bilan xursand etishga tayyor ekanligini ta'kidladi.
O'FA Professional futbol ligasida “buyurtma” jarayoni yakuniga yetib borayotgan bir paytda “Metallurg” o'z tarkibiga yana bir o'yinchini qo'shib oldi. Bu “Mashal” (Muborak) jamoasi posboni Javohir Ilyosovdir. O'tgan mavsum bekobodliklar tomonidan tepilgan ikkita penaltini qaytargan Ilyosov “Metallurg”da 35-raqamda maydonga chiqadigan bo'ldi.
O'z navbatida bu yildan e'tiboran “Metallurg” PFKning mavsum uchun sport kiyimlari va o'yin liboslarida ham o'zgarishlar bo'lganligi ma'lum qilindi. Endilikda bekobodliklar “Adidas” sport liboslarida maydonga chiqishadi.







