"Metallurg" sobiq futbolchilarini ortga qaytarishda davom etyapti

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2022, 19:31
Klub matbuot xizmati rasman navbatdagi ikki transferni e'lon qildi.

"Metallurg" sobiq o'yinchilarini yana Bekobodga qaytardi. Bular – yarim himoyachi Ergash Ismoilov hamda hujumchi Shohnazar Norbekov. 

Ma'lumot uchun, Ergash Ismoilov 2016 yilda bekobodliklar sharafini himoya qilgan.

26 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda “So'g'diyona” tarkibida 25 o'yin o'tkazib (834 daqiqa), 1 ta sariq kartochka ishlab olgan.

Shohnazar Norbekov esa 2011-2016 yillar davomida "Metallurg"da to'p tepgan. 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda 25 o'yinda 4 ta gol urgan hamda 2 ta golga assistentlik qilgan. U jamoa bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimiz orqali ikki futbolchining transferi haqida xabar bergan edik. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати