

Bekobodliklar shu kungacha Namanganda 26 marotaba mehmon bo'lgan. Mutloq ustunlik maydon egalari tomonida 18 g'alaba, 7ta bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlagan. Faqat 1ta o'yinda "Metallurg" ortga uch ochko bilan qaytganini aytishimiz mumkin. Jamoa Namangandagi yagona g'alabasini 2016 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan (0:1).

21.06.2016. 13-tur
"Navbahor" - "Metallurg" 0:1
Gol: Zohid Abdullaev 34
"Navbahor": Alibek Turobov, Xayrulla Karimov, Obid Jo'raboev, Igor Golban, Toxir Shamsiddinov, Dilshod Jabborov, A'zam Aliev, Vladislav Pavlenko, Sardor Azimov, Anvar Rajabov, Mo'ydin Mamazulunov
Bosh murabbiy: Rashid G'ofurov
"Metallurg": Suxrob Sultonov, Xikmat Xoshimov, Dilmurod Karimov, Davron Karimqulov, Doniyor Odilov, Murod Toshmatov, Jahongir Abdumo'minov, Mirg'iyos Sulaymonov, Islom Qobilov, Zohid Abdullaev, Javohir Esonqulov
Bosh murabbiy: Rustam Mirsodiqov



