“Metallurg” Hakimxon Alamxonov bilan shartnoma imzoladi

Alisher
22 dek 2021
Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z tarkibini yangi o'yinchilar bilan to'ldirishni davom ettirmoqda.

Bugun “Metallurg” PFK himoyachi Hakimxon Alamxonov bilan shartnoma imzoladi.

Hakimxon Alamxonov 25 yoshda. 1996 yilning 13 mart sanasida Samarqand viloyatida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini qadrdon viloyatida boshlagan Hakimxon “Dinamo” jamoasi sharafini 2017 yildan Superliga musobaqasida himoya qilgan. U kuchlilar safida 25 ta o'yinda maydonga chiqqan. 2251 daqiqa to'p surgan. 8 bor sariq kartochka bilan jazolangan. 

Ortda qolgan 2021 yilgi mavsumni esa H. Alamxonov Pro ligada – “Nurafshon” (Buxoro) tarkibida o'tkazdi.


Hakimxon Alamxonov

25 yoshda. 1996 yilning 13 mart sanasida tug'ilgan.

Ampluasi – himoyachi 

Faoliyat yuritgan jamoalari:

2017-2019 yillar – “Dinamo” (Samarqand) – Superliga

2020 yil – “Sho'rtan” (G'uzor) – Pro liga

2021 yil – “Nurafshon” (Buxoro) – Pro liga


AlisherMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати