"Metallurg" Branimir Yochich bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
20 fev 2026
Jamoamiz yangi mavsumda eng yuqori maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan va tarkibni shakllantirish borasida ham rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Bekobodning "Metallurg" klubi serbiyalik yana bir futbolchi Branimir Yochich bilan shartnoma imzoladi. Ma'lumot uchun, serbiyalik futbolchi 1+1 ko'rinishdagi bitimga imzo chekdi. 

31 yoshli tajribali yarim himoyachi faoliyati davomida "Meychjou", "Tekstilas", "Maziya S&RC", "Mladost GAT", "Rudar", "Spartak", "Centa" va "Palich Koming" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Branimir Yochich 2025 yil Xitoy Superligasi vakili "Meychjou" tarkibida 25 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatma etkazib bergan.  

"Yochich yangi mavsumda jamoamiz g'alabalariga munosib hissa qo'shishiga ishonib qolamiz va unga omad yor bo'lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz".

Branimir Yochich
Tug'ilgan sanasi:
30.11.1994
Tug'ilgan joyi: Sombor, Serbiya
Bo'yi: 1.84
Ampluasi: Yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: "Meychjou", "Tekstilas", "Maziya S&RC", "Mladost GAT", "Rudar", "Spartak", "Centa", "Palich Koming".


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати