Mesut O'zil: "Mourinyu - XXI asrning eng zo'r murabbiyi"

Mirjalol Normatov
24 mar 2023
"Real", "Arsenal" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Mesut O'zil o'zining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyuni asrning eng zo'r murabbiyi deb atadi.

"Men uchun Joze Mourinyu asrning eng zo'r murabbiyi. Uning taktikalari ajoyib, kiyim almashtirish xonasidagi muloqot uslubi ham o'zgacha.

Asosiysi - matbuotda doimo o'z jamoasini himoya qiladi. U haqiqatdan ham jahon darajasidagi murabbiy", - dedi O'zil.

Germaniyalik futbolchi 2010-2013 yillar davomida "Real"da birga faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal