Messining PSJda debyut qilishi ortidan Ispaniyada Liga 1 ga bo'lgan qiziqish rekord darajada oshdi

Sherzod Nurmatov
31 avg 2021, 19:05
ESPN nashri Liga 1 doirasidagi "Reyms" – PSJ (0:2) o'yinini tomosha qilgan ispan teleadutiroyasi haqida ma'lumot berdi.

Eslatib o'tamiz, aynan ushbu o'yinda shu paytgacha butun faoliyati davomida "Barselona"da o'ynagan Lionel Messi parijliklar safida debyut qildi.

Shunday qilib, Ispaniyada uchrashuvning TV-auditoriyasi o'rtacha 2,2 million tomoshabinni tashkil etdi. O'yinni umumiy 6,7 milliondan ortiq teletomoshabin kuzatdi. 

Xabar qilinishicha, bu Ispaniya televideniesida Fransiya chempionati uchun rekord ko'rsatkich sifatida qayd etib qo'yildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN