Messi va Bartomeu Leoning uyida uchrashishdi

Alisher
25 may 2019
"Barselona" sardori Lionel Messi klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu bilan o'zining uyida uchrashishdi.

Uchrashuv 18 mayda, yani "Barselona" "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat tufayli Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan 11 kun o'tib bo'lib o'tgan. Uchrashuv tafsilotlari oshkor etilmagan. Messi va Bartomeu "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat, Ispaniya Kubogi finali doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o'yin va jamoaning kelajagi haqida gaplashishgan.

Kecha o'tkazilgan matbuot anjumani paytida Messi CHL dagi muvaffaqiyatsizlikda Bartomeuni aybdor emas deb atab, uni himoya qilgan.

"Barselona" va "Valensiya" o'rtasidagi o'yin bugun bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo