
Kecha Luis Suares Messi bilan "Barselona" safiga qaytayotganini suratga olib, uni "Instagram" tarmog'iga joyladi. O'sha suratda argentinalik foydalanadigan telefon rusumi ko'rinib qolgan.

Messining qo'lidagi smartfon - Huawei P9 Plus. Oldinroq Leo Huawei kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik ushbu kompaniyadan yiliga 8 mln. evro oladi.