Messi Nigeriyaga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2017, 11:55
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Nigeriya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Kecha Mosvada Rossiya – Argentina (0:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu o'yindan keyin Argentina terma jamoasi Nigeriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladigan Kuban shahriga uchib ketdi. 30 yoshli hujumchi esa "Barselona" ixtiyoriga jo'nab ketdi.

Messida hech qanday jarohat yo'q, Argentina futbol Federatsiyasi bu qarorni futbolchiga biroz xordiq kerakligi bilan izohladi.

Bu mavsumda Lionel Messi barcha musobaqalarda 17ta o'yinda 16ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Argentina