Messi “Monako”ga qarshi o'yinda qatnashmaydi

Eldor Akmurzayev
20 mar 2022, 07:45
Fransiya chempionati 29-turida PSJ “Monako”ga qarshi bahs olib boradi.

Parijliklar hujumchisi Lionel Messi shamollagani tufayli jamoaning oxirgi mashg'ulotlarida qatnasholmadi va bo'lajak uchrashuv uchun e'lon qilingan qaydnomadan joy olmadi. Shuningdek, Serxio Ramos, Ander Errera va Anxel Di Mariya ham “Monako” bilan bahsda ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, “Monako” – PSJ o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: psg.fr