Messi, Mbappe va Verratti PSJ mashg'ulotini o'tkazib yubordi

Omonjon To`xtamirzayev
24 may 2023, 14:38
Futbolchilar Marko Verratti, Kilian Mbappe va Lionel Messi PSJning seshanba kungi mashg'ulotida qatnashmadi.

Futbolchilar nima sababdan mashg'ulotda ko'rinmaganining sababi hozircha noma'lum. 

Parij jamoasi "Oser" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) keyin tiklanish mashg'ulotini o'tkazdi. 

Shuningdek, yarim himoyachilar Fabian Ruis va Ugo Ekitike hali jarohatidan forig' bo'lib ulgurmagan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: lequipe.fr