Messi Maskerano va Gago bilan xayrlashdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan Argentina termasidagi sobiq jamoadoshlari Xaver Maskerano va Fernando Gago to'g'risida gapirdi.

"Uzoq vaqt davomida men bilan birga bo'lgan jamoadan 2 kishi futbolni tark etdi. Ular bilan xayrlashish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchiman.

Fer, umid qilamanki, tez orada tuzalib ketasan. Uchrashganimizga 17 yil bo'ldi. Sen bilan terma jamoa kiyinish xonasida birga bo'lish, klub darajasida senga qarshi o'ynash juda yoqimli edi. Orzularingni ro'yobga chiqarishda davom etishingga tilakdoshman.

"Real" va Argentina terma jamoasi sobiq xavbeki Gago faoliyatini yakunladi 


Mask haqida nima deyish mumkin, yillar davomida birga bo'ldik. Argentina terma jamoasi va "Barselona"da baxtli onlar, og'ir kunlarni  boshdan o'tkazdik. Ketganingdan beri seni sog'inamiz. Senga va oilangga eng yaxshi tilaklarni tilayman!" – deb yozdi Messi instagramdagi sahifasiga.

36 yoshli Maskerano futbolchilik faoliyatini yakunladi 


Manba: championat.asia