Messi La Liganing eng yaxshi assistentiga aylanib oldi

“Levante”ga qarshi La Liganing 22-turidan olgan bahsida “Barselona” vakili Leo Messi bir yo'la ikkita golli uzatma berdi.

Argentinalik futbolchi 30 hamda 31-daqiqalarda Ansu Fatining gollariga hammuallif bo'ldi. Shu tariqa joriy mavsum Leoning La Ligadagi golli uzatmalari soni 8 taga etdi. Bu esa hozircha musobaqadagi eng yaxshi ko'rsatkich.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doirasida 17 ta o'yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.


Manba: Twitter/La Liga