Messi koronavirusga test topshirish uchun bazaga kelmadi. Suares esa...

Alisher
30 avg 2020, 15:21
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub bilan kelisha olmayapti.

Argentinalik futbolchi koronavirusga test topshirish uchun "Barsa" bazasiga kelmagan. Futbolchilar 8dan 12gacha bo'lgan vaqt oralig'ida kelishlari kerak edi. Messi esa bazaga 10:15da kelishi kerak bo'lgan.

Qayd etish kerakki, hujumchi Luis Suares bazaga kelgan va test topshirgan.

Oldinroq, Messi "Barselona" mashg'ulotlarida ishtirok etmasligi va shartnoma bekor qilingan deb hisoblashi mumkinligi borasida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo