Messi jarima zarbasidan oldin Fabinoni urgan ekan

Aslanov Jasurbek
3 may 2019
"Barselona" Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvida "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu bahsda dubl qayd etgan Lionel Messi jarima zarbasidan gol urishdan oldin "Liverpul" yarim himoyachisi Fabinoning yuziga zarba bergan ekan.

"Liverpul" muxlislari argentinalikni jazolashni talab qilib, peticiya imzolashmoqda.

Hozircha imzolar kam - 4 ming. UEFA ham bu vaziyatga e'tibor qaratmayapti.

Saloh jarohat olganida Serxio Ramosga qarshi peticiya imzolangan edi. O'shanda 200 ming kishi peticiyaga imzo chekkan, natija esa...


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com