Messi investicion xoldingga asos soldi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2022, 17:20
Lionel Messi Silikon vodiysida sport va texnologiyaga sarmoya kiritishga qaratilgan investiciya kompaniyasi yaratdi.

PSJ forvardi butun dunyo bo'ylab sport, media va texnologiyalarga sarmoya kiritish uchun Play Time Sports-Tech HoldCo MJCHni tashkil qildi.

Kompaniya startap asoschilariga futbol texnologiyalari kompaniyalarini yaratishda yoki jamoalarga sarmoya kiritishda yordam berishni rejalashtirmoqda.

Xolding San-Franciskodagi Silikon vodiysida joylashgan.

"Men Silikon vodiysida ildizlarimizni kengaytirganimdan xursandman va Play Time butun dunyo bo'ylab dadil tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishidan juda xursandman", – dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bloomberg