Messi ikki oy ichida "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2014, 09:13
Barselona futbolchisi Lionel Messi jamoa bilan yangi kelishuvga yaqin turibdi.

26 yoshli argentinalik futbolchi shu ikki oy ichida shartnomasini uzaytiradi, deya xabar tarqatmoqda Sport.es.

Manbaaning ma'lumotlariga ko'ra, Messi va klub o'rtasidagi shartnoma 2019-yilgacha mo'ljallangan bo'ladi.

Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2018-yilda o'z yakuniga etadi.

Avvalroq, Messi "Barselona"dan 5 yillik shartnoma va yiliga 25 million evro maosh talab qilayotganligi xaqida xabarlar tarqalgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru