Messi: "G'alaba qozona olmagan bo'lsakda, Chili bilan o'yin natijasidan mamnunman"

Aziz Tukhtamuradov
4 iyun 2021, 08:29
Argentina terma jamoasi a'zosi Lionel Messi JCH-2022 saralashi doirasida Chiliga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Oxirgi marta yig'ilganimizga ancha vaqt bo'lgandi. Qaytish oson bo'lmadi. Ammo biz yaxshi o'yin ko'rsata oldik. G'alaba qozona olmagan bo'lsakda, natijadan mamnunman. 

Bosqichma-bosqich yana kuchayishimiz lozim. 

Bu Diego Maradonasiz birinchi o'yin edi. U uchun milliy terma jamoa qanday ahamiyatga ega bo'lganligini, u doimo biz bilan birga ekanligini bilamiz", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/Argentina