Messi Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yomon natijani qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
20 fev 2022
PSJ forvardi Leo Messi ushbu mavsum Fransiya chempionatida 2ta gol urdi.

Futbolchi ushbu mavsumda raqiblari darvozasiga 73 bora zarba yo'llagan va ularning 1,7 foizi golga aylangan. Bu esa Yevropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi eng past natija hisoblanadi.

Ammo Messi ushbu mavsumda 8 golga assist bo'ldi. U jamoasi tarkibidagi so'nggi 12 o'yinida gol+pas tizimida 11 ochko ishladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA