Messi 7-8 haftaga safdan chiqdi, "El Klasiko" 8 haftadan keyin bo'ladi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2015, 21:38
Barselona hujumchisi Lionel Messi Las-Palmasga qarshi o'yinda (2:1) jarohat oldi.

Tibbiy ko'rik argentinalik futbolchining o'ng tizzasi shikastlanganini ko'rsatdi. Messi taxminan 7-8 haftaga safdan chiqqani aytilmoqda.

Futbolchi raqib futbolchisi Pedro Bigas bilan to'qnashuv vaqtida jarohat oldi. Ma'lumot uchun, 8 haftadan so'ng "Real" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru