Messi: "2022 yilni unutmayman"

Mirjalol Normatov
1 yanv 2022, 16:17
PSJ forvardi Leo Messi 2022 yil yakunlari haqida gapirdi.

"Unutilmas yil yakuniga etdi. Nihoyat, o'zim orzu qilgan maqsadimga etdim. Ammo buni dunyodagi eng yaxshi, eng zo'r oilamsiz qo'lga kiritmagan bo'lardim. Do'stlarim doimo meni qo'llab turishdi, yiqilganimda qo'limdan ushlashdi.

Barchaning xotirasida shunday kunlar qolishini istayman. Meni qo'llab turgan barcha muxlislarga o'tgan yildagi yo'l, undagi sarguzasht uchun rahmat aytaman. Sizlarsiz buning iloji yo'q edi. O'z vatanim, Parij, Barselona va dunyoning boshqa davlatlaridan meni qo'llab turishayotganini doimo his qilib turaman.

Umid qilamanki, barchangiz yil davomida o'z maqsadingizga etdingiz. Sizlarga 2023 yilda yanada ulkanroq maqsadlarga yetishingizni tilab qolaman", - deb yozadi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal