Mertens: “Agar ular men bilan shartnomani uzaytirmasa, jamoani tabassum bilan tark etaman”

Eldor Akmurzayev
21 dek 2021, 09:45
“Napoli” hujumchisi Dris Mertens jamoadagi kelajagi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

“Bitimda kelishuvni uzaytirish bandi bor. Nima bo'lishini ko'ramiz. Har safar aytganman, bu yerda 9 yildan beri baxtiyorman. “Napoli”ga borimni berganman, ular esa o'z navbatida men haqimda qayg'urishdi.

Umid qilamanki, bu yerda o'ynashni davom ettiraman, ammo agar vaziyat boshqacha bo'lsa, u holda bir-birimizga qo'l berib, men barchasi uchun minnatdorchilik bildiraman va tabassum bilan ketaman”, deydi belgiyalik.

34 yoshli forvard 2013 yildan beri neapolliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 12 o'yinda qatnashib, beshta gol urdi. Yevropa Ligasida esa Mertens 4 bahsda bir bor raqib darvozasiga to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia