Menotti: "Messi Argentina terma jamoasi bilan sovrinlar yutishga loyiq"

Alisher
22 okt 2020, 14:05
"Barselona" sobiq murabbiyi Luis Sesar Menotti forvard Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Gap Messini Jahon chempioni sifatida ko'rish haqida emas. Men Argentinaning JCHni yutishini xohlayman. U bilan yoki u siz.

Men Messining o'yinini ko'rishdan baxtiyorman. U Argentina terma jamoasi bilan sovrinlar yutishga haqli. Shuni unutmanki, faqat u ayblangan paytlari ham bo'ldi.

Men hozir Messi bilan terma jamoada o'ynayotgan futbolchilarga optimistik ruhda qarayman", - deydi Menotti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo