"Meni Zlatan deb atamang!" - Pep Gvardiola o'z futbolchisi bilan qay tariqa hazillashgan?

Mirjalol Normatov
3 may 2020, 12:23
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko instagramda bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan munosabati haqida gapirdi.

Zinchenkoning so'zlariga ko'ra, jamoada uni "Zlatan" deb chaqirishadi. "Bir kuni u meni "Zlatan" deb chaqirdi, butun jamoa esa bunga o'rganib qoldi. Biz o'xshaymiz - burunlarimiz katta", - dedi futbolchi.

Shuningdek, murabbiyning hazilini Mikel Arteta davom ettirgan.

"O'shanda men: "Mikel, iltimos, meni Gvardiola kabi unday chaqirmang", degandim. Ha, to'g'ri, "Zlatan" desa barcha xursand bo'lib ketardi. Ammo Gvardiolaning Ibragimovich bilan munosabatlari yomon bo'lgani uchun bu menga yoqmasdi", - deb qo'shib qo'ydi Zinchenko.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal