Meksika terma jamoasi futbolchisi qo'lidan olgan jarohati sabab FIFA 20 bo'yicha musobaqani o'tkazib yuboradi

18 apr 2020, 08:16
Xose van Rankin jarohat oldi.

“Santos Laguna” klubi a'zosi Xose van Rankin Meksika ligasi tomonidan tashkil etilgan FIFA 2020 bo'yicha kiberfutbol musobaqasini o'tkazib yuboradi. Futbolchi musobaqada tayyorgarlik ko'rish chog'ida qo'lidan jarohat olgan. Uning o'rnini jamoa hujumchisi Eduardo Agirre egallashi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Meksika chempionati ham koronavirus pandemiyasi sabab to'xtatilgan. Shu boisdan liga rahbariyati klublar o'rtasida kiberfutbol musobaqasini tashkil etishga qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express