Meksika AQSHni mag'lub etdi va Konfederatsiyalar kubogi-2017ga yo'llanma oldi

Narzulla Saydullayev
11 okt 2015, 14:30
Meksika terma jamoasi AQSH ustidan g'alabaga erishdi va 2017 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar kubogiga yo'llanma oldi.

2013 va 2015 yilgi KONKAKAF kubogi sohiblari o'rtasidagi bahs Pasadenda bo'lib o'tdi. Bahsda qo'shimcha vaqtda meksikaliklar 3:2 hisobida zafar quchishdi.

Shunday qilib hozirga qadar Konfederatsiyalar kubogiga yo'llanma olgan 5ta jamoa nomi ma'lum bo'ldi: Rossiya (JCH-2018 mezboni), Germaniya (JCH-2014 g'olibi), Avstraliya (Osiyo kubogi-2015 g'olibi), Chili (Amerika kubogi-2015 g'olibi) va Meksika (KONKAKAF kubogi-2015 g'olibi).

Eslatib o'tamiz, 8ta jamoa ishtirok etadigan bu musobaqa 2017 yil 17 iyunidan 2 iyuliga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochi shaharlarida bo'lib o'tadi.

Meksika – AQSH – 3:2 (1:1, 0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – Xaver Ernandes, 10. 1:1 – Kemeron, 15. 2:1 – Peralta, 96. 2:2 – Vud, 108. 3:2 – Agilyar, 118.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com