

Yangi mavsumda "Real Madrid" tepish imkoniyatini qo'lga kiritgan taqdirda o'n bir metrlik jarima zarbalarini Vinisius Junior amalga oshiradi. Bevosita darvozaga zarba berish imkoni mavjud hollarda barcha jarima zarbalarini Kilian Mbappe tepadi. E'tiborlisi, fransiyalik futbolchi faoliyatida hali biror marta jarima zarbasidan gol urmagan.
Shuningdek, klubdagilar burchak zarbalari va uzatma amalga oshiriladigan standartlarni Kroosdan keyingi doimiy ijrochisi Arda Gyuler bo'lishiga ishonishmoqda.


