Mbappe yoki Vinisius - penalti va jarima zarbalarini kim tepadi?

Omonjon To`xtamirzayev
6 avg 2024, 13:14
"MARCA" nashri yangi mavsumda "Real"da penalti va jarima zarbalarini kim amalga oshirishi haqida ma'lumot bilan bo'lishdi.

Yangi mavsumda "Real Madrid" tepish imkoniyatini qo'lga kiritgan taqdirda o'n bir metrlik jarima zarbalarini Vinisius Junior amalga oshiradi. Bevosita darvozaga zarba berish imkoni mavjud hollarda barcha jarima zarbalarini Kilian Mbappe tepadi. E'tiborlisi, fransiyalik futbolchi faoliyatida hali biror marta jarima zarbasidan gol urmagan.

Shuningdek, klubdagilar burchak zarbalari va uzatma amalga oshiriladigan standartlarni Kroosdan keyingi doimiy ijrochisi Arda Gyuler bo'lishiga ishonishmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca