"Mbappe yangi mavsumda "Real"da o'ynaydi, bunga kafolat beraman, aks holda ishdan ketaman". Jurnalist Pedrerol PSJ forvardi haqida

Alisher
19 yanv 2022, 16:28
Jurnalist Xosep Pedrerol El Chiringuito TV efirida PSJ hujumchisi Kilian Mbappening mavsum so'nggida "Real"ga o'tishini aytdi.

"Mbappe kelasi mavsumda "Real"da o'ynaydi, men bunga kafolat beraman. Agar aksi bo'lsa - ishdan ketaman", - deydi Pedrerol.

23 yoshli forvardning PSJ bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi, u har qanday klubga tekinga o'tishi mumkin.

Ushbu haftada Parij klubida Mbappening yangi qisqa muddatli shartnoma imzolashiga ishonch oshayotgani haqida xabar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca