Mbappe va PSJ yangi shartnoma masalasida bir to'xtamga kelolmayapti

Sherzod Nurmatov
20 may 2021, 01:44
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hali ham klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, tomonlar yangi kelishuv muddati bo'yicha kelisha olishmayapti.

PSJ 2024 yilda ketish huquqi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolashni istamoqda. Biroq futbolchi 2022 yilda ketish huquqi bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe uchun asosiy da'vogarlardan biri – bu "Real".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca