Mbappe Rabioga bugun PSJ bilan shartnoma tuzishini aytdi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 18:14
"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasidagi do'sti Adrien Rabioga bugun, 29 avgust kuni PSJ bilan shartnoma imzolashini aytdi.

Bu haqda Rabioning o'zi ma'lum qildi.

"Mbappe bilan suhbatlashdik. U PSJga o'tayotganini va seshanba kuni shartnoma tuzishini aytdi. Bu klub uchun yaxshi yangilik. Kilian yosh, biroq istiqbolli o'yinchi. Bundan tashqari, u Parij shahridan va bu PSJ uchun so'nggi sabab emas" - deydi Rabio.

Oldinroq, Kilian Mbappe PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien