

Avvalroq, u shartnoma uzaytirish orqali klubdagi transferlarga ta’sir qilish imkoniga ega bo'lishi haqida xabarlar tarqalgandi. Shu sababli u jamoaning 14 nafar a'zosi, shu jumladan Neymar, Mauro Ikardi, bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni haydashni so'ragani haqida ma'lumotlar tarqaldi.
Mbappe tvitter orqali bu xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini va "feyk" ekanligini aytgan.
Bir necha kun oldin Mbappe klub siyosatiga aralashmasligini ma'lum qilgandi.



