Mbappe PSJ bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Alisher
20 may 2022, 16:56
Hujumchi Kilian Mbappe PSJ bilan yangi shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi.

Oldinroq, forvardning Madridning "Real" klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Mbappe faoliyatini qayerda davom ettirishini 22 may kuni ma'lum qiladi.

Xabarlarga ko'ra, Parij klubi rahbariyati hujumchiga nafaqat yirik maosh va bonuslar, balki klubning ichki sport jarayonlarini boshqarish imkoniyatini berishdek misli ko'rilmagan qadam tashladi.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 17ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato