Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
22 avg 2023, 15:07
PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.

Muzokaralar tashabbuskori futbolchining o'zi bo'ldi, chunki u parijliklarni tekinga tark etishni istamaydi.

Agar shartnoma uzaytirilmasa, fransiyalik futbolchi amaldagi shartnoma bo'yicha imzolangan bonusdan voz kechadi, bu esa PSJ 100 million evro tejashiga olib keladi. Shuningdek, futbolchi jamoada o'ynashga va sovrinlarni qo'lga kiritish uchun bor kuchini berishga tayyorligini aytdi.

24 yoshli hujumchi joriy mavsum 1 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. Fransiyalik futbolchining PSJ bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 180 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times