Mbappe Olimpiadada ishtirok etish masalasiga uzil-kesil nuqta qo'ydi

Administrator
17 iyun 2024, 01:34
"Real Madrid" futbolchisi o'z yurtida o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaydi.

Kilian Mbappe Parij Olimpiadasi borasidagi yakuniy qarorini ma'lum qildi. Futbolchi o'z klubining qaroriga ko'ra bu turnirda o'ynamaydi.

"Yangi klubimning Olimpiya o'yinlari bo'yicha poziciyasi o'ta aniq. Turnirda o'ynamayman. Haqiqat shundan iborat.

Men yangi klubga o'tganimni yaxshi anglayman. "Real"ga sentyabr oyida qo'shilish yangi sarguzashtni boshlash uchun yaxshi qaror emas.

Fransiyaga omad tilayman. Ularni muxlis sifatida kuzataman. Ishonamanki, ular oltin medallarni qo'lga kiritadilar", -deydi Kilian Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe yaqinda "Real Madrid" klubi a'zoasiga aylandi. Futbolchi PSJni erkin agent sifatida tark etib, madridliklar safiga qo'shildi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia