

Francuzlar tarkibida Kilian Mbappe maydonga tushdi. Bu Mbappe uchun terma tarkibidagi 50-o'yin bo'ldi. Futbolchi esa 22 yosh 291 kunligida 50 talik dovonga yetishga ulgurdi. Bu esa Fransiya terma jamoasidagi rekord sanaladi.
Avvalgi rekord Karim Benzemaga tegishli edi. Karim terma tarkibidan 50-o'yinda maydonga tushganida 24 yosh 240 kunlik edi.



