Mbappe 2023 yildagi 49-golini kiritib, Ronalduni ortda qoldirdi va Keynga yetib oldi. Oldinda faqat Xoland bor

Administrator
3 dek 2023, 22:25
Fransiyalik hujumchi to'purarlar poygasida ildamlamoqda.

PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe "Gavr"ga qarshi o'yinda hisobni ochdi. Bu Mbappe uchun 2023 yildagi 49-gol hisoblanadi.

Shu tariqa, Kilian Mbappe 2023 yildagi gollar soni bo'yicha Ronalduni (48) ortda qoldirdi va Xarri Keynga yetib oldi. Mbappe gollar soni bo'yicha faqatgina "Siti" hujumchisi Erling Xolanddan ortda bormoqda. Norvegiyalik forvard hozircha 50 ta gol kiritishga ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia