Maysal Topvoldiev: “Bolalarimiz sifatli maydonlarda to'p tepayotganligi bizni xursand qilmoqda"

Aslanov Jasurbek
21 avg 2021, 17:54
Qo'qon shahrida bolalar o'rtasida bo'lib o'tayotgan “Qo'qon shahar xokimi kubogi” musobaqasida ishtirok etayotgan , O'sh shahar BO'SM murabbiyi Maysal Topvoldievdan musobaqa haqida taassurotlarini so'radik.

"Qo'qonda juda yaxshi turnir tashkillangan. Biz bu yerda ekanligimizdan mamnunmiz. Barcha jamoalar yaxshi , kuchli jamoalar yig'ilgan. Biz Qirg'izistondan 4 ta jamoa kelganmiz. Xudo xoxlasa bolalarga omad tilayman. Kuchlilar chempion bo'lsin",- deydi Maysal Topvoldiev.

- Bu yerda yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirmoqdami ?

- Albatta , barchasi a'lo darajada. Maydonlar juda sifatli, barcha kerakli anjomlar , to'plar etarli. Hech qaysi jabhada muammo yo'q. Faqat futbol o'ynash kerak va yutish kerak. Ayniqsa tabiiy maydonlarda o'ynayotganimiz  bizni xursand qiladi. Aksariyat bolalar o'rtasidagi musobaqalarda futbol maydonlari bilan bog'liq muammolar kuzatiladi. Bu yerda esa biz superliga jamolari darjasidagi stadionlarda futbol o'ynayapmiz. Bunday maydonda bolalarimiz jarohat olishi kamayadi, futbol o'yininig sifati ortadi.

- Hozirgina “Ahmadxon” sport klubi futbolchilari ustidan jamoangiz  yirik hisobda g'alaba qozondi. Bu uchrashuv haqida nima deysiz ?

-Biz kecha Buxorolik futbolchilarga yutqazib qo'ygan edik. Kechagidan ko'ra bugun bolalarimiz ancha maydon va sharoitlarga moslashib olishdi. Ular bugun maydonda ancha erkin harakat qilishdi.  Bu yoshda hisobda oldinda borgan jamoaning o'yini yanada yaxshilanib boradi. Aksincha bo'lsa bolalarni ruhan o'zlariga keltirish qiyin. O'ylamaynki bolalarimiz bundan keyingi o'yinlarda ham yaxshi o'yin ko'rsatishadi.

- Hozirgi kunda Qirg'izistonda bolalar futboliga bo'lgan e'tibor qay darajada?

- So'nggi yillarda yurtimizda bolalar futboli ancha rivojlanmoqda. Bolalar futbolining moddiy-texnika bazasi yaxshilandi. Har bir futbol maktablari sport inventarlari  bilan davlat  tomonidan taminlangan. Turli musobaqalar bolalar o'rtasida tashkillanmoqda.  O'zbekistonda ham bolalar futboli yaxshi rivojlanmoqda deb hisoblayman. 

-  O'zbekistonda bo'ladigan musobaqalarga birinchi kelishingizmi yoki avval ham kelganmisiz ?

- Yo'q bu birinchi kelishimiz emas. Biz O'zbekistonda tashkil qilinadigan turnirlarga tez-tez kelib turamiz. Toshkent va Buxoroda bo'lib o'tgan musobaqalarda ham ishtirok etganmiz. Musobaqalarni tashkillashtirishda O'zbekistonlik bolalar murabbiylari ancha faol . Buxorolik Akmal aka , Toshkentda Aziz aka bizni musobaqalarga taklif qilib turishadi. Bundan tashqari bizga ancha yaqin bo'lgan Andijon shahriga ham tez-tez kelib futbol o'ynab turamiz.  Fursatdan foydalanib Qo'qondagi turnir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia