Maykl Kerrikning ilk qarori: "Manchester Yunayted" ikki futbolchini ijaradan qaytardi

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2026, 13:10
13 yanvar kechqurun Maykl Kerrik MYUning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Oradan bir kun o'tib, "qizil iblislar" ijarada bo'lgan futbolchilarga oid qarorlarni e'lon qildi.

Klub matbuot xizmatiga ko'ra, hujumchi Jo Xyugill (suratda) va o'ng qanot himoyachisi Xabib Ogunneye muddatidan oldin jamoaga qaytarildi. Yosh istedodlar mos ravishda "Barnet" va "Nyuport Kaunti" jamoalarida ijara asosida to'p tepib, Angliyaning quyi ligalarida tajriba orttirayotgan edi.

Xyugill avval ham asosiy jamoa bilan birga mehnat qilgan va mavsumoldi yig'inlarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatgan. Ogunneye esa joriy mavsum professional faoliyatidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com