Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ning navbatdagi g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
24 fev 2026, 08:20
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik o'z jamoasining APLning 27-turida "Everton"ga qarshi o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu Premer-liga, bu yerda o'yinlarda g'alaba qozonish qiyin, lekin biz o'rganyapmiz. Umuman olganda, o'yin biz uchun yaxshi o'tdi. Bizga hujumning oxirgi uchdan birida biroz uchqun yetishmadi, jarima maydonida kuchliroq bo'lishimiz kerak edi, lekin o'yin oxirida yaratilgan xavfli vaziyatlar va gol urishimiz bizga ishonch va kurash ruhini berdi. Bu shuni ko'rsatadiki, hatto eng yaxshi formada bo'lmagan vaqtimizda ham muvaffaqiyat qozonishimiz mumkin.

Hujum chizig'idagi yigitlarning turli kuchli tomonlari bor va ular turli rollarda o'ynay oladi, bu bizning kuchli tomonimiz deb o'ylaymiz. Bazi o'yinlarda ular hatto o'z poziciyalarida emas, balki boshqa o'rinlarda bo'lishadi va agar ular o'z rolini yaxshi bajarib, uni tushunsa, men bunga qarshi emasman. Bu bizga yaxshi moslashuvchanlik beradi".


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru