Maydon holati yomonligi bois Borussiya D ishtirokidagi o'yin qoldirildi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2017, 08:30
Germaniya kubogi 1/4 finali doirasidagi Shportfroynd Lotte - Borussiya D uchrashuvi qoldirildi.

Bunga sabab mezbonlarning uy stadioni bo'lgan "SolarTechnics Arena" maysasining yomon holatda ekanligi bo'ldi. Kuchli qor yoqqani uchun maydon yomon ahvolga kelib qoldi.

Bahs qachon bo'lib o'tishi hozircha noma'lum.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bvb.de