May oyining eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz bering

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2018, 18:54
O'zbekiston Professional futbol ligasi Championat.asia bilan hamkorlikda oyning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Navbat may oyiga yetib keldi.

Mart oyi yakunlariga ko'ra “Navbahor” a'zosi Aziz Turg'unboev eng yaxshi futbolchi uchun atalgan sovrinni qabul qilib olgandi. Aprelda esa “Buxoro” vakili Arslonmurod Omonov o'zini ko'rsatdi. Mazkur klub vakillarida may oyida ham imkoniyat bor, faqat boshqa futbolchilarda.

May oyida kim eng yaxshi futbolchi?

Tiago Bezerra - “Paxtakor” (4 o'yin - 2 gol va 1 golli pas);
Sardor Sobirxo'jaev - “Bunyodkor” (4 o'yin - 4 golli pas);
Filip Rayevac - “Bunyodkor” (4 o'yin - 3 gol);
A'zam Aliev - “Navbahor” (4 o'yin - 2 golli pas);
Shavkat Salomov - “Buxoro” (4 o'yin - 2 gol);
Sanjar Shoahmedov - “Lokomotiv” (4 o'yin - 1 gol va 2 golli pas);
Zohid Abdullaev - “Metallurg” (4 o'yin - 2 gol va 1 golli pas).
 
Mazkur ro'yxatdan faqatgina Tiago Bezerra ikkinchi bor ovoz berishda ishtirok etyapti. Futbolchilarga Pepsi Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ovoz beradi. Muxlislar esa Championat.asia nashridagi so'rovnomada ishtirok etishi mumkin.


Quyidagi so'rovnomada ishtirok eting. 




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz