May. Mo'minjonov Qosimovga ovoz bermagandi, "Bunyodkor" ustozi esa bu ishni takrorlamadi

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2018, 13:17
PFL hamda Championat.asia hamkorligidagi oyning eng yaxshilarini aniqlash masalasiga ovozlar kelishi davom etmoqda.

"Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov "paxtakorchi" Tiago Bezerrani maydagi eng yaxshisi sifatida tan oldi. Mutaxassis keyingi ikki o'ringa o'z shogirdlarini joylashtirdi. Sardor Javlon Ibrohimov esa maydonda o'ziga katta yordam berayotgan Sobirxo'jaev eng yaxshi ekaniga ishonadi.

Murabbiylar masalasida Qosimov o'ziga ovoz bermadi, balki Ilhom Mo'minjonovni eng yaxshi deb tan oldi. Ibrohimov esa bu masalada ham ishni "Bunyodkor"dan boshladi.

Qosimov ham, Ibrohimov ham "Paxtakor" posboni Eldor Suyunovga o'z ovozlarini taqdim etishdi. Gollar masalasida esa "Metallurg" a'zosi Muhammad Isaev "qaldirg'ochlar"dan umumiy 5 ochko ishlab oldi.



P.S. Yodingizda bo'lsa, mart oyidagi so'rovnomada Ilhom Mo'minjonov yakunda eng yaxshi bo'lgan Mirjalol Qosimovga umuman ovoz bermagandi. Bu gal esa namanganliklar bosh murabbiyi o'zini birinchi o'ringa qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz