Mauricio Sarri: “Liverpul” va “Manchester Siti” bizdan bir qadam oldinda”

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2018, 07:36
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri “Kardiff Siti”ga qarshi kechgan kechagi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Londonliklar APL 5-turida “Kardiff” klubidan 4:1 hisobida ustun kelgan edi.

“Fikrimcha, ayni paytda “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari bizdan bir qadam oldinda. Lekin biz o'z o'yinimizni yana ham kuchaytirishimiz mumkin. Mening vazifam “Chelsi”ni Angliyaning eng kuchli jamoasiga aylantirish. Ammo, bu bir oylik ish emas. Buning uchun vaqt kerak bo'ladi. Tan olish kerak ayni holatda yuqorida aytgan ikki klubim bizdan kuchliroq”, - dedi Sarri “Chelsi” rasmiy saytiga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif